Qo'lingdan kelmaydi meni unutish
Xayoling tubida yuraveraman
Muxabbat nima deb so'rashganida
Yodingga faqat men kelaveraman
Ko'zguda o'zingmas aksim ko'rasan
Har dam o'ylaringga to'laverman
Unutishga qancha urunsang ishon
Qarshingda ro'yodek turaveraman

Unutolmaysan debsan
Qo'limdan kelsachi seni unutmoq
Uddalay olsamchi vos kechishni ham
Yengilib bosh olib kelsachi firoq
Bir pulga teng bo'lib tikilsa alam
Yana bahor kelsa gulasamchi dur
Yana yonib kutsamchi kuzni
Yonimda bir kongil tursachi suluv seni
Tanimay otsamchi ko'rganda seni
Kimdir joylasachi joniga sevib
Kimnidir eritib qo'ysam mehrdan
Sen ham o'zgasin quchoqlab turib
Meni kutsangchi mushtoq sabrdan…

3
  89
  1